9-aprel – Sohibqiron Amir Temur tavalludi va 10-aprel – “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Joriy yilning 11-aprel kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT-Park hududidagi tizim tashkilotlari hamda “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi MChJ hamkorligida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ushbu ko‘rgazma buyuk ajdodimiz merosi va ona tilimizga hurmat, shuningdek, zamonaviy texnologiyalar sohasi vakillarining ma’naviyat va kitobxonlikka e’tiborini ko‘rsatish maqsadida o‘tkazildi. Tadbir texnologiyalar va ma’naviyat uyg‘unligining yorqin namunasi bo‘lib, unda tarixiy va tilshunoslikka oid qimmatli asarlar namoyish etildi.
Bu kabi tashabbuslar – ajdodlar merosi va ona tilini qadrlashga, kitob mutolaasini kengaytirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.