Koreya Eksimbanki bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Koreya Eksimbanki bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

16 iyun 2023

Bugun, 16-iyun kuni Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazida Koreya Eksimbanki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda sohalarni raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.  

Shuningdek, Eksimbank vakili Raqamli hukumatning ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi faoliyatini yanada rivojlantirishga doir takliflari bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi. 

Uchrashuv yakunida tomonlar bildirilgan takliflarni o‘rganib chiqish hamda 2024-2026-yillarda istiqbolli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр