Loyiha Urganchda katta qiziqish bilan kutib olindi

Loyiha Urganchda katta qiziqish bilan kutib olindi

12 oktyabr 2022

“Siz tomon yoʼl oldik” loyihasining navbatdagi amaliy targ‘iboti Xorazm viloyati bo‘ylab davom etmoqda.

Bugun, 12-oktyabr kuni Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi xodimlari tomonidan Urganch shahrining IT-park binosida hudud aholisi uchun Elektron hukumat faoliyati hamda elektron davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi.

O‘quv mashg‘uloti savol-javoblarga boy bo‘ldi. Yig‘ilganlar ortiqcha ovoragarchilikka barham beruvchi elektron davlat xizmatlariga katta qiziqish bildirishdi.

Ishtirokchilarga Yagona identifikatsiya tizimidan ro‘yxatdan o‘tish (OneID), elektron raqamli imzo olish, my.gov.uz xizmatlaridan foydalanish kabi jarayonlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatib berildi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр