Mahsulotlarning yagona elektron milliy katalogi yuritiladi

Mahsulotlarning yagona elektron milliy katalogi yuritiladi

30 aprel 2025

Hukumat qarori (263-son, 28.04.2025 y.) bilan “Mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogini yuritish hamda undan foydalanish tartibi to‘g‘risida” gi nizom tasdiqlandi.

Nizom mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogini yuritish va undan foydalanish, shuningdek, soliq imtiyozlariga mahsulotlarning (tovarlarning va xizmatlarning) identifikatsiya kodlarini biriktirish tartibini belgilaydi.

Ishlab chiqariladigan va import qilinadigan tovarlar hamda ko‘rsatiladigan xizmatlar milliy katalog ob’yekti hisoblanadi.

Milliy katalog quyidagi holatlarda va maqsadlarda ishlatiladi:

▪️elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishda;
▪️onlayn-NKT cheklarida;
▪️bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirishda (bojxona chegarasidan birinchi marta olib kirilayotgan tovarlar bundan mustasno);
▪️qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa holatlarda.

Milliy katalogdan Internet jahon axborot tarmog‘idagi “tasnif.soliq.uz” rasmiy veb-sayti orqali foydalaniladi.

Mahsulotlar (tovarlar, xizmatlar) uchun soliq imtiyozlari soliq organlari tomonidan ushbu imtiyozlar nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlarda ko‘rsatilgan mahsulot va xizmatlarning identifikatsiya kodlariga biriktiriladi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр