Bugun, 14-fevral kuni Raqamli hukumat markazida Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun munosabati bilan kitob yarmarkasi tashkil etildi.
Markazda kitob mutolaasi hamda kitobxonlik madaniyatini targʻib qilish maqsadida oʻtkazilgan ushbu tadbirda xodimlar oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalari, ilmiy-ommabop va tarixiy hamda maʼrifiy mavzularidagi sara asarlar bilan tanishishga va chegirmali narxlarda xarid qilishga muvaffaq boʻlishdi.