Bugun, 2025-yil 17-iyul kuni Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazida 15-iyuldan boshlangan "Monopoliyaga qarshi komplayens" va "Davlat xaridlari to‘g‘risida"gi qonunchilikka bag‘ishlangan o‘quv seminari yakunlandi.
Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi tomonidan tashkil etilgan ushbu seminarda ishtirokchilar nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamladilar. Mashg‘ulotlar interaktiv savol-javoblar va hayotiy misollar asosida o‘tkazildi.
O‘quv kursi yakunida barcha ishtirokchilarga Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (ARGOS) tizimiga integratsiya qilingan maxsus sertifikatlar topshirildi. Ushbu seminarning Markaz xodimlari malakasini oshirish va shaffoflikni ta’minlashdagi ahamiyati katta.