Bugun, 31-avgust kuni Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazida tashkil etilgan bayram tadbiri hamda taqdirlash marosimidan keyin 31 yillik shodiyona munosabati bilan Markazning Yuridik bo‘limi boshlig‘i v.b. A.Rahmonov xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining huquqiy asoslari haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.
Har bir xalqning azaliy orzusi davlat mustaqilligini ta’minlashdir.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining huquqiy asoslari sifatida 1990-yil 20-iyunda Mustaqillik Deklaratsiyasi, 1991-yil 31-avgustda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingani hamda 1991-yil 29-dekabr kuni umumxalq referendumi o‘tkazilganini alohida ko‘rsatib o‘tish joiz.
Yuqoridagi hujjatlarni mamlakatimizning o‘sha sobiq Sovet ittifoqi tarkibida bo‘lgan davrida o‘zini mustaqil deb e’lon qilish yo‘lida tashlangan dadil qadamlaridan biri deb hisoblash mumkin.
Mazkur hujjatlar keyinroq mamlakatimizda yaratiladigan davlat boshqaruvi va inson huquqlari, mulkchilik, ichki va tashqi siyosat hamda boshqa masalalarni o‘zida qamrab olgan.