my.gov.uz'da “Digital inclusion”: Brayl alifbosidagi qo'llanmalar chop etildi

my.gov.uz'da “Digital inclusion”: Brayl alifbosidagi qo'llanmalar chop etildi

11 sentyabr 2025

Brayl alifbosi asosida my.gov.uz dan foydalanish bo'yicha qo'llanmalar chop etildi va Toshkent shahridagi 77-son "Nurli maskan" ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 10-11-sinf o'quvchilari ishtirokida uning taqdimoti bo'lib o'tdi.

Shuningdek mazkur taqdimotda my.gov.uz'ning imkoniyatlari, uni inklyuzivlashtirish bo'yicha olib borilayotgan ishlar, ko‘rsatilayotgan ommabop elektron xizmatlar hamda ulardan foydalanish tartibi bo'yicha ma'lumotlar berib o'tildi. Shuningdek, Yagona portalga OneID tizimi orqali kirish hamda pullik xizmatlar uchun taqdim etiladigan chegirmalar, ulardan foydalanish usullari to‘g‘risida maʼlumot berildi.

O'quvchilar my.gov.uz bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр