Open Data Watch tashkilotining 2022/2023-yilgi hisobotida Oʻzbekiston “Ochiq Gender maʼlumotlari indeksida” 69,7 ball toʻplagan holda bu koʻrsatkich boʻyicha jahondagi eng yaxshi 20 ta mamlakat orasidan joy oldi.
Gender maʼlumotlari indeksi butun dunyo boʻylab gender maʼlumotlarining mavjudligi va ochiqligini oʻlchaydi. Indeks 35 ta statistik toifadagi 11 ta koʻrsatkichning mavjudligiga asoslanadi.
Mamlakatimizda gender statistikasini yuritish boʻyicha statistika organlari tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida gender statistikasini yigʻish, qayta ishlash va tahlil qilish boʻyicha alohida boʻlinma tashkil etilgan. Gender.stat.uz rasmiy veb-sayti ishlab chiqilib amaliyotga joriy etilgan.
Bundan tashqari, stat.uz, nsdg.stat.uz, aholi.stat.uz saytlari, siat.stat.uz statistika portali, shuningdek, data.egov.uz ochiq maʼlumotlar portalida ham gender statistikasiga oid koʻrsatkichlar doimiy joylashtirib kelinmoqda.
Gender.stat.uz saytining barcha boʻlimlarida bugungi kunda jami 180 dan ziyod gender statistikasiga oid koʻrsatkichlar 3 ta tilda, 5 xil formatda joylashtirib borilmoqda.