Oʻzbekiston vakillari “Raqamli hukumat” mintaqaviy forumida ishtirok etishdi

Oʻzbekiston vakillari “Raqamli hukumat” mintaqaviy forumida ishtirok etishdi

02 aprel 2024

Joriy yil 28-29-mart kunlari Ostona shahrida (Qozogʻiston) Xalqaro elektraloqa ittifoqining Raqamli hukumat boʻyicha mintaqaviy forumi boʻlib oʻtdi.

Forum MDHga aʼzo davlatlar vakillari, hamkorlar va boshqa manfaatdor tomonlarni mintaqada texnologik rivojlanish sohasidagi hozirgi holat, raqamli transformatsiya, sunʼiy intellekt hamda boshqa zamonaviy yechimlar, mavjud vaziyat va amalga oshirilishi zarur boʻlgan chora-tadbirlarni muhokama qilish uchun birlashtirdi.

Xalqaro tadbirda Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Raqamli hukumat loyihalarni boshqarish markazi vakillari ishtirokida Oʻzbekistonda raqamli transformatsiya boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taqdimotlar oʻtkazildi.

Shu bilan birga mintaqada raqamlashtirishni rivojlantirish boʻyicha qoʻshni davlatlar vakillari bilan hamkorlikning joriy hamda istiqboldagi rejalari yuzasidan oʻzaro fikr almashildi.

Forum doirasida, shuningdek, Xalqaro elektraloqa ittifoqi va Qozogʻistonning Milliy axborot texnologiyalari (NITEC) kompaniyasi bilan hamkorlik istiqbollari boʻyicha ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazildi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр