O‘zbekistonda E-logistika (https://e-logistika.mintrans.uz/) raqamli platformasi ishga tushirildi

O‘zbekistonda E-logistika (https://e-logistika.mintrans.uz/) raqamli platformasi ishga tushirildi

12 fevral 2025

Mamlakatning transport-logistika tizimini raqamlashtirish doirasida yuk tashuvlari shaffofligi va samaradorligini oshirishga mo‘ljallangan yagona E-logistika raqamli platformasi yaratildi.

Ushbu platforma orqali yuk tashuvlari va logistika xizmatlari to‘liq raqamlashtirildi.

E-logistikani (https://e-logistika.mintrans.uz/) ishlab chiqish va joriy etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni doirasida ko‘zda tutilgan bo‘lib, xarajatlarni kamaytirish, tashuv jarayonlarini tezlashtirish va logistika xizmatlari sifatini yaxshilashga qaratilgan.

Platforma allaqachon bozor ishtirokchilari - yuk jo‘natuvchilar, tashuvchilar va qabul qiluvchilar uchun foydalanishga tayyor.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр