Pensiya xizmati raqamlashtiriladi

Pensiya xizmati raqamlashtiriladi

17 iyul 2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–105-son farmoni bilan pensiya va moliya xizmatlarini tubdan raqamlashtirish orqali samaradorlikni oshirish ko‘zda tutilmoqda.

Farmonga muvofiq, 2027-yil 1-yanvardan boshlab Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qo‘mitasi va Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tugatiladi. Ularning o‘rnida har bir tuman va shaharda 1–3 nafar xodimdan iborat ixcham servis ofislari tashkil etiladi. Bu o‘zgarishlar faoliyatni raqamlashtirish hisobidan amalga oshiriladi.

Shuningdek, 2026-yil 1-dekabrdan boshlab pensiya tizimida yangi elektron xizmatlar joriy etiladi. Jumladan, «Mening pensiyam» onlayn xizmati orqali fuqarolar o‘z ish staji va ish haqi ma’lumotlariga asosan pensiya miqdorini oldindan hisoblab ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi. Boshqa barcha pensiya xizmatlari ham elektron shaklga o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, 2025-yil 1-oktyabrgacha Majburiy ijro byurosi tomonidan pensiyadan qarz undirishda fuqaroni oldindan xabardor qilish tizimi joriy etiladi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр