Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tomonidan “Qurolli Kuchlarda ijtimoiy himoya” elektron platformasi ishga tushirildi.
Platforma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi tegishli farmoni hamda Qurolli Kuchlarda faoliyatni bosqichma-bosqich raqamlashtirish chora-tadbirlari dasturi ijrosi doirasida yaratildi.
Hozirda platformada 3 ta — ipoteka krediti, ragʻbatlantirish va intizomiy jazo, ijara kompensatsiyasi yoʻnalishlari boʻyicha harbiy tuzilmalararo xizmatlar test rejimida ishlamoqda.