Raqamli hukumat markazi xodimi mukofotlandi

Raqamli hukumat markazi xodimi mukofotlandi

07 may 2024

Bugun, 7-may — O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni munosabati bilan raqamlashtirish, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasining yuqori darajada yuksalishi hamda ravnaqi yoʻlida faoliyat yuritayotgan, uning rivojiga salmoqli hissa qoʻshib kelayotgan bir guruh xodimlarni tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Mukofotlanganlar qatorida Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazining Raqamli hukumat markazlashtirilgan axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini rivojlantirish bo‘limi bosh mutaxassisi Furqat Lapasov ham bor. U vazirlikning Faxriy yorligʻi bilan taqdirlandi.

Mukofotni unga Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Oleg Pekos topshirdi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр