Bugun, 14-mart kuni Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi xodimlari Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyida bo‘lishdi. Ushbu tashrif xodimlarga tarixiy meros va madaniyatni o‘rganish imkoniyatini yaratdi.
Muzeyda xodimlar Alisher Navoiy hayoti va ijodini o’rganish barobarida uning adabiy merosi, o‘zbek va jahon adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi hamda o‘sha davr muhiti bilan yaqindan tanishdilar. U yerdagi eksponatlar va interaktiv ko‘rgazmalar orqali esa o‘zbek xalqining tarixi va madaniyati juda boy ekanligiga guvoh bo‘lishdi.
Ushbu ekskursiya xodimlar uchun nafaqat madaniy va tarixiy tajriba, balki jamoaviy aloqalarni mustahkamlash va o‘zaro hamjihatlikni rivojlantirishda ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi.