Bugun yurtimiz boʻylab oʻtkazilayotgan “Avtomobilsiz kun” tashabbusi doirasida “Raqamli hukumat” markazi rahbariyati va xodimlari ekologik vaziyatni yaxshilashga hissa qoʻshish niyatida jamoat transportida ishga kelishdi.
Markaz rahbari xizmat safarida ekanligi uchun bu tashabbusni direktor oʻrinbosarlari oʻz qoʻllariga olib, xodimlarga oʻrnak boʻlgan holda ish joylariga jamoat transportlarida yetib borishdi.
Bu nafaqat atrof-muhit va salomatlik uchun foydali, balki har kuni jamoat transportidan foydalanadigan yurtdoshlarimiz muammolarini yaxshiroq tushunish imkonini ham beradi.
Keling, shahrimizning tozaligi va yashilligiga birgalikda hissa qoʻshaylik!