Raqamli hukumat markazida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Raqamli hukumat markazida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

26 avgust 2025

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazida to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarda ortiqcha sarf-xarajatlarni qisqartirish, yoshlar tarbiyasi va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

"Oila va Milliy Qadriyatlar: Muqaddas Marosimlar" mavzusida tashkil etilgan tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Yodgora Ziyomuhammedova va Farida Umarova ishtirok etib, milliy urf-odatlarimizga zid bo‘lgan “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’sirlari haqida ibratli suhbat olib bordilar.

Shuningdek, oila ma’naviyati, axloqi hamda ajdodlarimizning mustahkam oila haqidagi o‘gitlaridan iborat tavsiyalar berishdi.

Markaz xodimlari hamda mahoratli aktrisalar ishtirokida to‘y va marosimlarda ortiqcha isrofning oldini olish mavzusida sahna ko‘rinishi ham namoyish etildi.

Bu kabi tadbirlar xodimlar ma’naviyatini yuksaltirish, sog‘lom oilaviy muhitni ta’minlash va milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashda muhim ahamiyatga ega.
 

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр