Raqamli hukumat markazida "QUIZ TIME" intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi!

Raqamli hukumat markazida "QUIZ TIME" intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi!

03 mart 2025

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazida xodimlar uchun aql-idrok va bilimni sinovdan o‘tkazuvchi "QUIZ TIME" intellektual o‘yini tashkil etildi. Ushbu tadbir nafaqat xodimlarning intellektual salohiyatini oshirish, balki milliy qadriyatlarimizga hurmat va e’tiborni yanada kuchaytirishga qaratilgani bilan ham ahamiyatli bo‘ldi.

Tadbirning milliy formatda tashkil etilgani o‘yinga o‘zgacha shukuh va fayz bag‘ishladi. Shu bilan birga jamoada milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.

"QUIZ TIME" intellektual o‘yinida ishtirokchilar turli mavzulardagi qiziqarli savollarga javob berish orqali o‘z bilim va salohiyatlarini namoyish etishdi. O‘yin davomida jamoalar o‘rtasida qizg‘in bahslar, aqliy hujumlar va munozaralar ham kuzatildi.

Bunday tadbirlar xodimlarning nafaqat bilimini oshirish, balki jamoaviy ruhni mustahkamlash, hamkorlikni rivojlantirish, axborot bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр