Raqamli hukumat va raqobatni rivojlantirishda yangi bosqich: Anglashuv memorandumi imzolandi

Raqamli hukumat va raqobatni rivojlantirishda yangi bosqich: Anglashuv memorandumi imzolandi

17 iyul 2025

Bugun, 17-iyul kuni Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi direktori Anvar Mansurov hamda Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi direktori Olimjon Jumayev o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Asosiy maqsadi raqamlashtirish sharoitida raqobat siyosatini rivojlantirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va davlat boshqaruvida ilg‘or raqamli texnologiyalarni joriy etishdan iboratdir. Mazkur hamkorlik raqamli bozorlarni o‘rganish va normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga ham xizmat qiladi.

Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari raqamli platformalar, ilg‘or texnologiyalar (masalan, Big Data, Sun’iy intellekt) yordamida jarayonlarni takomillashtirish, murojaatlarni avtomatlashtirish va raqamli yechimlar orqali xabardorlikni oshirishdir. Shuningdek, tegishli sohalarning raqamli transformatsiya ta’sirini tahlil qilib, qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish hamda bilim va tajriba almashinuvlarini tashkil etishdan iborat.

Mazkur hamkorlik O‘zbekistonda raqamli xizmatlar sifatini oshirish, adolatli raqobat muhitini mustahkamlash, iste’molchilar manfaatlarini himoya qilishga katta hissa qo‘shadi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр