“Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasi ishga tushiriladi

“Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasi ishga tushiriladi

31 iyul 2025

Xabaringiz bor, bugun Davlatimiz Rahbari qishloq xo‘jaligida kosmik ma’lumotlardan foydalanish va raqamlashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda sohani raqamlashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, fermerlar sarflayotgan suvning haligacha aniq hisobi yo‘qligi tufayli raqamlashtirish orqali suvning konturma-kontur hisobini yuritish zarurligi ta’kidlandi. Hozir fermerlar yer, kredit, subsidiya va agroxizmatlar bo‘yicha 30 dan ortiq platformadan foydalanyapti.

Buni osonlashtirish maqsadida “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasi ishga tushiriladi.

Qolaversa, sohada uchuvchisiz apparatlardan foydalanish ham rejalashtirilmoqda. Kuzda 100 dan ziyod zamonaviy dron olib kelinishi rejalashtirilmoqda.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр