Xorazm viloyatida Urganch shahar hokimligi hamda Urganch davlat universitetida “my.gov.uz – hayotiy vaziyatlar uchun” loyihasi doirasida oʻquv seminarlar tashkil etildi.
Toshkent viloyati.
Toshkent viloyatining bir qancha umumiy o'rta talim maktablarida oʻquv seminarlar tashkil etildi.
Surxondaryo viloyati.
Termiz davlat universiteti, Sherobod tumani axborot kutubxona markazida, IT park hamda Angor tumani 1-son politexnikumida maxsus seminarlar tashkil etildi.
Qashqadaryo viloyati.
Shahrisabz davlat pedagogika universiteti, Qarshi xalqaro innovatsion universiteti, Shahrisabz shahar monomarkaz, Sherobod tumani axborot kutubxona markazida seminarlar tashkil etildi.
Jizzax viloyatida taʼlim sohasi vakillari uchun trening oʻtkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti, G'allaorol tumani 25-maktab, Zomin tumani 60-maktabda my.gov.uz portalidan samarali foydalanishni oʻrganishdi.
️Navoiy viloyatida oʻqituvchilar innovatsiyalar karvonida!
Karmana tumani Favqulotda vaziyatlar boshqarmasida hamda ushbu tumanning 1-maktabida informatika fani oʻqituvchilari my.gov.uz orqali elektron davlat xizmatlaridan foydalanish boʻyicha maxsus seminar-treningda ishtirok etishdi.
Oʻzbekistonning turli hududlarida my.gov.uz portalidan foydalanish boʻyicha oʻquv seminarlari keng qamrovda oʻtkazib kelinmoqda. Bu kabi tadbirlar aholining barcha qatlamlari, jumladan, oʻqituvchilar, tibbiyot xodimlari va boshqa soha vakillarini qamrab olmoqda.