Joriy yilning 21-22-avgust kunlari Samarqand viloyatining Jomboy, Oqdaryo va Bulung'ur tumanlaridagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarida hamda Payariq tumani hokimligida aholi vakillari uchun my.gov.uz orqali elektron davlat xizmatlaridan foydalanish mavzusida o'quv seminarlari tashkil etildi.
Mazkur seminarlarda soha mutaxassisi tomonidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida mavjud elektron xizmatlar, ulardan foydalanish tartibi hamda pullik davlat xizmatlari uchun beriladigan chegirmalar toʼgʼrisida ishtirokchilarga maʼlumot berildi.
Shuningdek, Yagona portali orqali elektron davlat xizmatlaridan foydalanish hamda xizmat natijasini olish jarayonlari amaliy tarzda ko’rsatib berildi.
Shu bilan birga MyGov mobil ilovasidan foydalanish tajribasi ham o‘rtoqlashilib, ijtimoiy himoya sohasidagi elektron xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ham bildirildi.