Shavkat Mirziyoyev suv xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish, boshqaruvni takomillashtirish va uning xususiy sektor uchun jozibadorligini oshirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Shavkat Mirziyoyev suv xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish, boshqaruvni takomillashtirish va uning xususiy sektor uchun jozibadorligini oshirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

13 oktyabr 2025

Yangi yondashuv asosida suv hisobini yuritish to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi. “Suv hisobi” axborot platformasi orqali foydalanilgan suv miqdori aniq hisoblanadi va iste’molchilarga elektron tarzda ma’lum qilinadi.

2026-yil apreliga qadar “Davlat suv kadastri” axborot tizimi ishga tushiriladi. U orqali suv resurslariga oid ma’lumotlar tegishli vazirlik va idoralardan yig‘iladi va yagona bazada shakllantiriladi.

Bundan buyon suv xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish masalalari bilan alohida vazir o‘rinbosari shug‘ullanadi.

2026-yildan boshlab xodimlarni rag‘batlantirish tizimi amaliy natijalarga bog‘lanadi, ya’ni yetkazilgan suv miqdori va foydalanilgan hajm o‘rtasidagi tafovut asosida baholanadi.

2026-yilda Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand va Sirdaryo viloyatlaridagi nasos stansiyalarning 50 foizi, 2027 yilga borib esa Namangan viloyatidagi barcha nasos stansiyalarini xususiy sheriklikka berish rejalashtirilmoqda.

Muassasalarning moliyaviy mustaqilligini oshirish maqsadida suv solig‘idan tushgan mablag‘larning 40 foizini o‘zining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga yo‘naltirishiga ruxsat beriladi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр