Siz elektron davlat xizmatlari sohasidagi soʻnggi oʻzgarishlar va yangiliklardan doimiy ravishda xabardor boʻlishni istaysizmi?

Siz elektron davlat xizmatlari sohasidagi soʻnggi oʻzgarishlar va yangiliklardan doimiy ravishda xabardor boʻlishni istaysizmi?

10 yanvar 2024

Yoki xizmatlarning yangi turlarini elektron shaklga oʻtkazish jarayonida ishtirok etishni xohlaysizmi?

Ehtimol, biznes jarayonlarini raqamlashtirish va IT savodxonligiga qiziqarsiz

Unda bu eʼlonimiz aynan siz uchun!

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi – fuqarolar uchun foydali boʻlgan elektron davlat xizmatlarini joriy etish hamda davlat organlari va tashkilotlarida biznes jarayonlarini raqamlashtirishni maqsad qilgan.

Shu munosabat bilan biz elektron davlat xizmatlaridan foydalanishning yanada oson va qulay boʻlishini taʼminlash uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini takomillashtirishga qaratilgan kichik soʻrovnoma oʻtkazmoqdamiz. Va barcha yurtdoshlarimizni ushbu soʻrovnomada faol ishtirok etishga chorlaymiz!

Sizning fikringiz biz uchun juda muhim!

Soʻrovnomada qatnashish uchun quyidagi havolaga oʻting: 

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfPhfu0kheKqIjoEAx_M9FlE4ZBbLRaJYJaJuwdiHvXauOyLQ/viewform

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр