So‘nggi yillarda aholi va tadbirkorlardan 120 turdagi hujjatlarni talab qilish bekor qilindi, yana shuncha lisenziya raqamlashdi.

So‘nggi yillarda aholi va tadbirkorlardan 120 turdagi hujjatlarni talab qilish bekor qilindi, yana shuncha lisenziya raqamlashdi.

20 avgust 2025

Birgina o‘tgan yili 16 turdagi lisenziya va ruxsatnoma bekor qilingani natijasida tadbirkorlarning 350 milliard so‘mlik xarajatlari tejaldi.

2026-yildan yana 10 turdagi lisenziya va ruxsatnomalar bekor qilinishi belgilandi.

Xususan, auditorlik tashkilotlari, turizm sohasidagi hunarmandlar, turistik axborot markazlari, transport texnik ko‘rigini amalga oshiradigan tadbirkorlar xabardor qilish tartibiga o‘tkaziladi.

Hozirda lisenziya, ruxsatnoma va xabardor qilish tartibi buzilganda, korxonaga ham, uning rahbariga ham jarima qo‘llanmoqda.

Endi bunday holatlar uchun faqat korxona jarima to‘laydi, mansabdor shaxs javobgarligini esa boshqaruv organi mustaqil hal qiladi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр