Raqamli hukumat markazida “Ayolga ehtirom haftaligi” doirasida ayollarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularning faol ishtirokini ta’minlash maqsadida "Sport – salomatlik va nafislik manbai" shiori ostida stol tennisi musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqa juda qiziqarli va shiddatli o‘tdi. Ayollar nafaqat sport bo‘yicha mahoratlarini, balki o‘zaro do‘stlik va hamjihatlik xislatlarini ham namoyish etishdi.
Stol tennisi – bu jismoniy va aqliy tezkorlikni talab qiluvchi sport turi, shunga ko‘ra, bu tadbir har bir ishtirokchi uchun ajoyib tajriba bo‘ldi.
Gʻolib va sovrindorlar Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan ajratilgan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Ayollar uchun sport jismoniy va ruhiy salomatlikni mustahkamlashi, energiyani qayta tiklashi, nafislik va go‘zallik berishi, tashqi ko‘rinishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, stressni kamaytirib, ish qobiliyatini oshirishi hamda ijobiy kayfiyat baxsh etishi bilan ham muhimdir.
Barcha ishtirokchilarga faolligi uchun minnatdorchilik bildiramiz!