Subsidiya olish uchun YIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilinadi

Subsidiya olish uchun YIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilinadi

06 sentyabr 2023

“Aholining ijtimoiy ehtiyojmand ayrim toifalarini qoʻllab-quvvatlash va ularning bandligiga koʻmaklashish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (450-son, 05.09.2023-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2023-yil 1-oktyabrdan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir shaxs uchun 3 oydan ortiq muddatda mehnat faoliyatini davom ettirgandan soʻng BHMning 3 baravari (990 ming soʻm) miqdorida bir martalik subsidiya ajratiladi.

Byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav (fondi) kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar bundan mustasno.

2025-yil 1-yanvargacha tadbirkorlarga jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarning nazoratda boʻlgan (probatsiya) davrida mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari boʻyicha toʻlangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini qaytarib berish tizimi joriy etiladi.

Shuningdek, 2023-yil 1-oktyabrdan quyidagilar yoʻlga koʻyiladi:

“Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga oʻqitish markazlarida jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga kasb-hunar va tadbirkorlik koʻnikmalarini oʻrgatish;

jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni tashkilotlardagi mavjud boʻsh (vakant) hamda zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlariga ishga joylashtirish tizimi.

Ish beruvchilar jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxsni ishga qabul qilgandan soʻng 3 oydan ortiq muddatda mehnat faoliyatini davom ettirgandan keyin subsidiya olish uchun tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlariga yozma ravishda yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр