Tadbirkorlar uchun universal QR-kod beriladi

Tadbirkorlar uchun universal QR-kod beriladi

20 avgust 2025

Mamlakatimizda 40 dan ziyod elektron to‘lov tashkilotlari mavjud bo‘lib, aholimiz o‘ziga qulay mobil ilovadan foydalanmoqda.

Endi 1-noyabrdan boshlab tadbirkorlar uchun barcha mobil to‘lov ilovalari orqali hisob-kitob qilish imkonini beradigan universal QR-kod beriladi.

Yillik aylanmasi 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan barcha tadbirkorlar kelasi yil 1-yanvardan bir xil, ya’ni aylanmadan 1 foiz soliq to‘lashga o‘tkaziladi.

Masalan, hozir aylanmasi 100 million so‘mgacha bo‘lgan yakka tadbirkor yillik 12 million so‘mgacha qat’iy soliq o‘rniga ko‘pi bilan 1 million so‘m to‘laydi. Yoki aylanmasi 100 milliondan 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan tadbirkor aylanmadan ilgari 30-40 million so‘m soliq to‘lagan bo‘lsa, endi uning soliq yuki 3-4 karra kamayadi.

“Umuman, yaratilayotgan sharoitlar orqali yakka tadbirkorlar hisobida yiliga 1 trillion so‘m, tasavvur qilayapsizlarmi, 1 trillion so‘m qolayapti. Bu – kichik biznes uchun qo‘shimcha resurs, yakka tadbirkorlar o‘z biznesini keyingi bosqichga olib chiqishi uchun yana bir imkoniyat”, - dedi Prezident.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр