Talaba-yoshlarga davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanishning afzalliklari tushuntirildi

Talaba-yoshlarga davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanishning afzalliklari tushuntirildi

08 may 2024

O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida joriy yilning 8-may kuni Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi mutaxassislari tomonidan Universitet talabalari uchun my.gov.uz orqali elektron davlat xizmatlaridan foydalanish mavzusiga bag’ishlangan seminar-trening oʻtkazildi.

Mazkur tadbirda talabalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joriy etilgan imkoniyatlar, yangi turdagi elektron xizmatlar va ulardan foydalanish tartiblari bilan tanishtirildi. Shu bilan birgalikda, ularga Yagona portalda yoshlar uchun joriy etilgan elektron xizmatlar va pullik xizmatlar bo'yicha taqdim etiladigan chegirmalar to'g'risida maʼlumot berildi. 

Tadbir yakunida ishtirokchilar my.gov.uz portalida joriy etilgan xizmatlardan foydalanish bo'yicha o'z tajribalari bilan o'rtoqlashishdi va Yagona portalni takomillashtirish bo'yicha takliflar berishdi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр