Talabalarning raqamli davlat xizmatlaridan foydalanish ko’nikmalari oshirilmoqda

Talabalarning raqamli davlat xizmatlaridan foydalanish ko’nikmalari oshirilmoqda

12 fevral 2025

Joriy yilning 11-fevral kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqotlar universiteti talabalari uchun “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanish tartibi, imkoniyatlari va afzalliklari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

O’quv-mashg’uloti davomida talaba-yoshlarga my.gov.uz portali orqali ko’rsatilayotgan ommabop raqamli xizmatlar hamda ulardan foydalanish tartiblari tushuntirildi. Shuningdek, Yagona portal orqali ariza yo’llanganda pullik xizmatlarga chegirmalar mavjudligi haqida ma’lumot berildi.

Seminar davomida Yagona portalning MyGov mobil ilovasi qulayliklari ham sanab o’tildi hamda talabalarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр