O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi ushbu reytingda 2-o‘rinni egalladi.
2022-yilning 31-dekabr holatiga ko‘ra tuzilgan mazkur reyting O‘zbekistonda yetakchi hisoblangan 50 ta OAVda e’lon qilingan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarning tahliliga asoslandi. Yakuniy reyting O‘zbekiston Respublikasidagi 30 ta vazirlik va davlat qo‘mitalarining faoliyatini o‘rganishni o‘z ichiga oladi.
Yakuniy ko‘rsatkichlarni tuzishda u yoki bu vazirlik faoliyati to‘g‘risida e’lon qilingan original materiallar, e’lon qilingan axborotning auditoriyasi, turi, tonalligi (salbiy, neytral yoki salbiy), axborotga nisbatan izohlar soni, ko‘rishlar soni va boshqalar inobatga olingan.