Yangi Toshkent – yangi imkoniyatlar, yangi g‘oyalar va yangi bozorlar maydoniga, innovatsiyalar va investisiyalar markaziga aylanadi

Yangi Toshkent – yangi imkoniyatlar, yangi g‘oyalar va yangi bozorlar maydoniga, innovatsiyalar va investisiyalar markaziga aylanadi

20 avgust 2025

Prezidentning tadbirkorlar bilan ilk ochiq muloqotidan buyon shu kungacha tadbirkorlarning 1 mingga yaqin tashabbusi qonunchilikda o‘z aksini topdi. Buning natijalarini nafaqat tadbirkorlar, balki butun aholi o‘zining kundalik hayotida his qilmoqda.

Davlatimiz rahbari bu galgi uchrashuv ulkan bunyodkorlik ishlari boshlangan Yangi Toshkentda o‘tayotganida ramziy ma’no borligini ta’kidladi.

“Ushbu megaloyiha islohotlarimiz hayotda qanday aks etayotganining yaqqol isboti, yangilanish va taraqqiyot yo‘lidagi dadil qadamlarimizning yorqin timsoli bo‘ladi.

Siz tadbirkorlar uchun Yangi Toshkent – yangi imkoniyatlar, yangi g‘oyalar va yangi bozorlar maydoniga, innovatsiyalar va investisiyalar markaziga aylanadi.

Bu yerdagi to‘liq “yashil” texnologiyalarga asoslangan eng zamonaviy infratuzilma sizlarning yangi-yangi g‘oya va tashabbuslaringiz uchun xizmat qiladi.

Shuni bilingki, Yangi Toshkent darvozalari biznes qilaman, degan barcha tadbirkorlar uchun hamisha ochiq bo‘ladi”,

- dedi Prezidentimiz.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр