Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini onlayn taqdim etish imkonini beruvchi elektron xizmat joriy qilindi

Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini onlayn taqdim etish imkonini beruvchi elektron xizmat joriy qilindi

11 oktyabr 2025

Davlat bojxona qo‘mitasi yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini onlayn to‘ldirish va taqdim etish imkonini beruvchi elektron xizmatni ishga tushirdi. Buning uchun “Yo‘lovchi-deklaratsiyasi” nomli maxsus mobil ilova yaratildi.

Ilovaning asosiy afzalligi — pasport ma’lumotlari asosida deklaratsiya bandlarini avtomatik to‘ldirish, valyutalar va tovarlar haqida ma’lumot kiritishda qulaylik yaratishdir. Shuningdek, mobil qurilmalarning IMEI-kodini skanerlash orqali avtomatik to‘ldirish imkoni ham mavjud.

Yangi tizim dastlab “Toshkent” xalqaro aeroportida sinovdan o‘tkazilib, 2025-yil 1-noyabrdan boshlab barcha chegara postlarida to‘liq joriy etiladi.

Chegaralarda bepul Wi-Fi hududlari ham tashkil etiladi. Ilovani “Play Market” va “App Store” orqali yuklab olish mumkin.

Ushbu yangilik Prezidentning 2025-yil 25-martdagi PF–57-son Farmoni ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр