“Yurtim tarixini o‘rganaman”: Buxoroga ma’naviy-ma’rifiy sayohat

“Yurtim tarixini o‘rganaman”: Buxoroga ma’naviy-ma’rifiy sayohat

21 aprel 2025

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi va Кasaba uyushmasi qo'mitasi hamkorligida, xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitish, ichki turizmni qo‘llab-quvvatlash ва tarixiy merosga bo‘lgan hurmatni oshirish maqsadida “Yurtim tarixini o‘rganaman” shiori ostida qadimiy Buxoroga navbatdagi ma'naviy sayohat tashkil etildi.

Mazkur tashrif doirasida markaz xodimlari Buxoroning ko‘plab tarixiy obidalari – Sitorai Mohi Xosa saroyi, Ark qal’asi, Said Mir Kulol maqbarasi ва Bahouddin Naqshband majmuasi, Buxoro zindoni,  Chashmai Ayyub maqbarasi, Labi Hovuz ansambli kabi boy madaniy meros ob’ektlari bilan yaqindan tanishishdi. Shu bilan birga Buxoroning ming yillik tarixiga oid qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lib, milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashdi.

Bu kabi tashabbuslar xodimlar o‘rtasida ijtimoiy faollikni oshirish, jamoaviylik ruhini mustahkamlash va milliy g‘ururni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр