Joriy yilning 29-mart sanasida Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazining Navoiy viloyatdagi vakili tomonidan Zarafshon shahridagi Yulduz madaniyat saroyida pedagoglar hamda umumta’lim maktablari yuqori sinf o’quvchilari ishtirokida raqamli xizmatlardan samarali foydalanish mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminar davomida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joriy etilgan xizmatlar, pullik xizmatlardan foydalanishda taqdim etiladigan imtiyozlar hamda portalning MyGov mobil ilovasida joriy etilgan qulayliklar haqida tushuntirishlar berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarning my.gov.uz portali orqali raqamli davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonida yuzaga kelgan savollariga batafsil javob qaytarildi.