«Raqamli O‘zbekiston – 2030». Sud tizimidagi o‘zgarishlar

«Raqamli O‘zbekiston – 2030». Sud tizimidagi o‘zgarishlar

29 oktyabr 2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-sentyabrdagi “Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan:

  • Oliy sud hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2020 yil 16 oktyabrda “Audioyozuvdan foydalangan holda sud majlislarini o‘tkazish uchun sud zallarini uskunalar bilan ta’minlash bo‘yicha Texnologik loyiha” tasdiqlangan;
  • Oliy sud raisi o‘rinbosari tomonidan 2020 yil 19 oktyabrda “Sudlarda sud majlislarini audioyozuvdan foydalangan holda qayd etib borish tizimini o‘rnatish va unga talab etiladigan mablag‘ bo‘yicha 2020 yilga mo‘ljallangan dasturi” tasdiqlangan;
  • tegishli Texnik topshiriq asosida dasturiy ta’minot ishlab chiqilib, faoliyatga to‘liq joriy etilgan.

2021-yil 28-oktyabr holatiga 543 ta sud majlisi zallari sud majlislarini audioyozuvdan foydalangan holda qayd etib borish tizimi uchun tegishli uskunalar to‘liq o‘rnatilgan va ishga tushirilgan. Mazkur tizimdan foydalanish imkoniyati barcha sudlarda yaratilgan. Ushbu tizim orqali 3 797 ta sud majlisi o‘tkazilgan.

Qarorning 3-bandida 2021-yil 1-iyuldan boshlab apellyasiya va kassatsiya instansiyasi sudlarida ishlarni sudyalar o‘rtasida avtomatik ravishda taqsimlash tartibini joriy etish vazifasi belgilab berilgan edi.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy sud tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirilgan:

  • dasturiy ta’minotni ishlab chiqish bo‘yicha Texnik topshiriq Oliy sud tomonidan 2020-yil 14-noyabrda tasdiqlangan;
  • Oliy sud Rayosatining 2021-yil 25-martdagi “Oliy sud Rayosatining 2018 yil 6 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi sudlarida ishlarni avtomatik tarzda taqsimlash imkoniyatini beruvchi dasturiy ta’minotni yaratish hamda sudlar faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishni yanada jadallashtirish bo‘yicha Yo‘l xaritasini tasdiqlash to‘g‘risida” RS-37-18-sonli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi RS-15-21-sonli qarori qabul qilindi;
  • Oliy sud Rayosatining tegishli qarorida ko‘rsatilgan mezonlar asosida amaldagi dasturiy ta’minotga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, 2021-yil 1-iyuldan boshlab faoliyatga sinov tariqasida joriy etilgan.

2021-yil 28-oktyabr holatiga jami 14 121 ta apellyasiya va kassatsiya shikoyat (protest)lari sudyalar o‘rtasida avtomatik tarzda taqsimlangan.

Qarorning 3-bandida 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab barcha ishtirokchilarni sud majlislarining vaqti va joyi haqida «SMS» xabar orqali bepul asosda xabardor qilish vazifasi belgilangan va bu bo‘yicha:

  • dasturiy ta’minotni ishlab chiqish bo‘yicha Texnik topshiriq Oliy sud tomonidan 2020 yil 27 oktyabrda tasdiqlangan;
  • tasdiqlangan Texnik topshiriq asosida dasturiy ta’minot ishlab chiqilib, 2021-yil 1-oktyabrdan boshlab iqtisodiy sudlar faoliyatiga sinov tariqasida tatbiq etilgan;
  • sinov natijalariga ko‘ra 2021 yil 20 oktyabrdan boshlab barcha yo‘nalishdagi sudlar faoliyatiga to‘liq joriy etilgan.

2021-yil 28-oktyabr holatiga ish yuzasidan taraflar sud majlislarining vaqti va joyi haqida jami 3 006 ta «SMS» xabar orqali bepul asosda xabardor qilingan.

Shuni ham unutmaslik lozimki, ish yuzasidan taraflar sud majlislarining vaqti va joyi haqida «SMS» xabar orqali xabardor qilish ularning sudga taqdim etgan mobil telefon raqamlari asosida amalga oshiriladi.

Поделиться:
Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр