Sohalar va hududlarda raqamli rivojlantirishni baholash va monitoring qilish
Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish hamda rivojlantirish boʼyicha ustuvor loyihalarini amalga oshirilishini kompleks monitoring qilish. “Raqamli Oʼzbekiston-2030” strategiyasi doirasida hududlarni va sohalarni raqamli transformatsiya qilish boʼyicha yoʼl xaritalarining ijro holatini dolzarbligini taʼminlash.
Davlat boshqaruvi organlari, xoʼjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish, raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish va samaradorligini reytingli baholash ishlari doirasida har 6 oyda bir marta davriylik bilan davlat xizmatlari taqdim etilishini avtomatlashtirish, maʼmuriy jarayonlarni optimallashtirish, davlat organlari faoliyatining oshkoraligi va ochiqligini oshirish, axborot xavfsizligini taʼminlash uchun davlat organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ni joriy qilish va foydalanish holatini baholash.
Hududlarning raqamli rivojlanish holatini baholash tartibini belgilovchi metodikaga muvofiq «Raqamli Oʼzbekiston – 2030” strategiyasi yoʼl xaritalarida tasdiqlangan loyihalarni monitoring qilish hamda hududlarni raqamli rivojlanish darajasini aniqlash boʼyicha reytingli baholash ishlarini amalga oshirish.