OneID tizimi – “Raqamli hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash uchun yagona axborot tizimi boʻlib, u davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining axborot tizimlariga turli davlat, taʼlim, bank, tijorat va boshqa xizmatlarni elektron interaktiv rejimda olish uchun oddiy va xavfsiz kirish imkonini beruvchi tizim shaklidir.
id.egov.uzOneID tizimi jismoniy va yuridik shaxslarga davlat organlari va nodavlat tashkilotlarning axborot tizimlariga quyidagi identifikatsiya va autentifikatsiyaning turli usullaridan foydalangan holda vakolatli kirishni taʻminlash uchun moʻljallangan:
- login va parol;
- elektron raqamli imzo;
- mobil telefon raqamlari;
- masofaviy biometrik identifikatsiya.
Tizimda foydalanuvchilar soni
Ro‘yxatdan o‘tuvchilar soni kunlik (o‘rtacha)
Xavfsizlik va haqiqiylik
Ayrim davlat va nodavlat tashkilotlarining elektron xizmatlaridan foydalanishda foydalanuvchidan “Tasdiqlangan foydalanuvchi” maqomiga ega boʻlish talab etiladi. Bundan tashqari, foydalanuvchining “Tasdiqlangan foydalanuvchi” maqomini olish tartibi OneID tizimida foydalanuvchini qoʻshimcha autentifikatsiya qilish imkonini beradi. OneID tizimida “Tasdiqlangan foydalanuvchi” maqomini olish uchun quyidagi usullar mavjud: - raqamli imzodan foydalanish; - Mobile-ID tizimidan foydalanish.
Bir akkaunt – Raqamli hukumatning barcha tizimlari
OneID ning E-hukumatning barcha tizimlari bilan integratsiyalashuvi barcha tegishli resurslarga kirish uchun bitta akkauntdan foydalanish imkonini beradi. One ID akkauntingizdan foydalanib, barcha xizmatlar va servislardan foydalanishingiz mumkin.
Boshqa saytlar bilan integratsiya qilish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi “Aholiga taqdim etilayotgan elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishda shaxsni tasdiqlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 679-son qaroriga muvofiq identifikatsiya tizimi orqali shaxslarni identifikatsiyalash (autentifikatsiyalash) xizmatlari davlat tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy davlat hokimiyati organlariga bepul, boshqa xo‘jalik yurituvchi subʼektlarga belgilangan tartibda tuziladigan shartnomaga muvofiq pullik asosida ko‘rsatiladi.
Yuridik shaxslarni identifikatsiya qilish
OneID tizimi nafaqat jismoniy shaxslarni, balki yuridik shaxslarni ham identifikatsiyalash uchun moʻljallangan. Yuridik shaxsni profilingizga bogʻlash orqali foydalanuvchi turli axborot tizimlariga yuridik shaxs sifatida kirish imkoniyatiga ega boʻladi.
Moslashuvchan interfeys
Ishlab chiqish
Hamkorlik
Ishlab chiqish
Управление
Ishlab chiqish