Ochiq ma'lumotlar nima
Ochiq ma’lumotlar - ko‘p marotaba, mustaqil va bepul foydalanish maqsadida, odam tomonidan dastlab o‘zgartirilmagan holda avtomat ravishda qayta ishlashni ta’minlaydigan formatda shakllantirilgan, «Internet» tarmog‘iga tizimlashtirilgan ma’lumotlar ko‘rinishida joylashtirilgan ma’lumotlardir.
Mavjudligi va foydalanish mumkinligi
Ochiq ma'lumotlar to'liq elektron formatda, Internet orqali qulay va o'zgartiriladigan shaklda mavjud
Tarqatish
Ochiq ma’lumotlar bepul foydalanish, tarqatish va boshqa manbalar va ma’lumotlar bilan o‘zaro almashish uchun taqdim etilgan
Hammaning ishtiroki
Ochiq ma’lumotlar qandaydir sabablarga ko‘ra ham shaxslarga, ham guruhlarga ma’lumotlardan foydalanish bo‘yicha cheklovlar qo‘ymaydi
Portal haqida
Ochiq ma’lumotlar portalining yangi talqini davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. Bundan tashqari, portal fuqarolar, tadbirkorlar va turli sohalar mutaxassislari faoliyatida ochiq ma’lumotlarni ishlatish, ma’lumotlarni tahlil qilish, mobil ilovalarni ishlab chiqish yoki tadqiq qilish uchun mo‘ljallangan.
Ochiq ma’lumotlar portali mahalliy ilmiy tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalari hamda axborot texnologiyalari sohasidagi dasturchilar va tashkilotlarga sun’iy intellekt asosidagi dasturiy ta’minotdan foydalanish uchun davlat va boshqa ma’lumotlar to‘plamlarini olish imkoniyatini taqdim etadi.
Ochiq ma'lumotlarning asosiy iste'molchilari
Dasturchilar
Ular ushbu ma’lumotlardan o‘z dasturlarida foydalanadilar yoki boshqalarga ushbu ma’lumotlarni tahlil qilishda yordam beradilar. Ko‘pgina mamlakatlarda ochiq ma’lumotlar asosida ilovalar yaratish uchun tanlovlar o‘tkaziladi.
Jamoat tashkilotlari
Ochiq ma’lumotlar jamoat tashkilotlariga davlat faoliyatini nazorat qilish imkonini beradi. Masalan, “ochiq ma’lumotlar” yordamida Yevropaning atrof-muhit xaritasi yaratilgan.
OAV
Bu ma’lumotlarni tuzish va tahlil qilish vositalariga ega bo‘lgan jurnalistlardir. To‘g‘ri tuzilgan grafik yoki diagramma bir necha sahifali matnli ma’lumotlardan ko‘ra tushunarli bo‘ladi.
Davlat organlari
Ochiq ma’lumotlar fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarini davlat mablag‘larini tejash imkonini beruvchi yangi mahsulotlarni yaratishga jalb qilish imkonini beradi.
Fuqarolar
Fuqarolar shaxsiy qulaylikni yaxshilash uchun yaratilgan ochiq ma’lumotlar dasturlaridan foydalanishlari mumkin, masalan, London aholisi kabi.
Biznes vakillari
Hukumat tomonidan nashr qilingan ochiq ma’lumotlar shuningdek foyda olish vositasi bo‘lishi mumkin.
Bosh sahifa dizayni
Yangi Ochiq ma’lumotlar portalining imkoniyatlari
Ma’lumotlarni standartlashtirilgan shaklda yuritish, interaktiv xaritaga ob’ektning geografik joylashuv ma’lumotlarini kiritish
Ochiq ma’lumotlar to‘plamlarida aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining ehtiyojlarini hisobga olish mexanizmi
Ochiq ma’lumotlar to‘plamlarini o‘z vaqtida joylashtirish va ularni yangilash ustidan avtomatik ravishda nazorat qilish
Ma’lumotlar bilan ishlashda foydalanuvchilarga, jumladan, ko‘rish imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulayliklar
Har bir ma’lumotga alohida takrorlanmas ID biriktirish hamda tegishli ma’lumotlarni joylashtirish, qayta ishlash, saqlash va izlashni uning yordamida amalga oshirish imkoniyati
Ma’lumotlarni o‘z vaqtida yangilab borishning monitoring tizimi hamda muddatida joylashtirilmagan ma’lumotlar bo‘yicha vazirlik va idoralarning shaxsiy kabinetiga xabar jo‘natish imkoniyati
Ma’lumotlarni onlayn tarzda yangilab borishni yo‘lga qo‘yish maqsadida davlat organlarining idoraviy axborot tizimlari va resurslarini portal bilan integratsiya qilish funksiyasi joriy etildi
Ishlab chiqish
Ishlab chiqish
Управление
Ishlab chiqish