Elektron davlat xizmatlarini joriy etish va rivojlantirish
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 sentyabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlari koʼrsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” 728-son qaroriga asosan “Oʼzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali toʼgʼrisida nizom” tasdiqlangan va ushbu Nizomga asosan Yagona portalning ishlash faoliyati tartibga solingan.
Elektron hukumat toʼgʼrisidagi qonunga muvofiq, elektron davlat xizmati - axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qoʼllanilgan holda koʼrsatiladigan davlat xizmati.
Elektron xizmatlar jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat tashkilotlariga koʼrsatiladi.
Elektron davlat xizmatlari 3 turga boʼlinadi bular:
1. Аxborot turdagi xizmatlar
2. Interaktiv xizmatlar
3. Tranzaksion xizmatlardir
Аxborot turidagi xizmati bu xizmat boʼyicha maʼlumot boʼlib unda qayerda kim tomonidan qaysi manzilda kabi maʼlumotlar beriladigan xizmatlardir. Interaktiv xizmatlar ariza yuborish va natijasini olish uchun kerakli tashkilotga borish orqali olinadigan xizmatlar yani ariza berasiz xizmat koʼrsatuvchi tomondan inson omili ishtirokida qabul qilib koʼrib chiqiladigan xizmatlar xisoblanadi. Tranzaksion xizmatlarga ariza berish va oxirgi natijagacha onlayn tarzda axborot tizimlari ishtirokida olinadigan xizmatlar kiradi
2024-yil I chorak yakuni bo'yicha Yagona portal orqali 595 ta davlat xizmatidan foydalanish imkoniyati yaratilgan. Birgina, 2023-yilda Yagona portalda jami 200 ta xizmatlar joriy etildi va takomillashtirildi. 2024-yilda Yagona portalda talabgorligi yuqori boʼlgan 170 ta elektron davlat xizmatlarini joriy etish hisobiga Yagona portaldagi davlat xizmatlari sonini 700 taga yetkazish rejalashtirilgan.
Elektron davlat xizmatlari sohasidagi oʼzgarish va yangiliklarni muntazam aholiga yetkazish maqsadida
Yagona portalning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari faoliyati yoʼlga qoʼyilgan (https://t.me/MyGovUz, https://www.instagram.com/my.gov.uz/, https://www.youtube.com/channel/UC7NMuSYJQUKQSLQnE2L5L2A).
Shuningdek, Yagona portal orqali elektron davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonida vujudga kelgan savollar hamda takliflarga javob berish, texnik nosozliklarni bartaraf etish maqsadida qayta aloqa tizimi, xususan, 1242 qisqa telefon raqami, telegram bot (@myGovUzSupportBot) faoliyati yoʼlga qoʼyilgan.
Davlat xizmatlari markazlari uchun maxsus modulda 300 dan ortiq davlat xizmatlari mavjud boʼlsa, pochta boʼlimlari uchun “Yagona agent kabineti”da 80 ga yaqin davlat xizmatlari mavjud.