Сифат соҳасидаги сиёсат

Ўзбекистон Республикаси Рақамли технологиялар вазирлиги

“RAQAMLI HUKUMAT LOYIHALARINI BOSHQARISH MARKAZI” DAVLAT MUASSASASINING SIFAT SOHASIDAGI SIYOSATI.

Kommunikatsiya texnologiyalari sohasida loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishning samarali va shaffof mexanizmlarini yaratuvchi, shuningdek, ushbu sohadagi loyihalar, loyiha va texnik hujjatlarni sifatli ekspertizadan o‘tkazishni ta'minlovchi Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi davlat muassasasi ravnaq topishining asosiy kaliti bu – har bir xodimi iste’molchilarning barcha talablari va istaklarini qoniqtirishga qaratilgan sifatli faoliyat yuritishidir.

Markaz 'Raqamli hukumat' tizimini va 'Raqamli O‘zbekiston - 2030' dasturini (keyingi o‘rinlarda - dastur) rivojlantirish doirasida raqamli iqtisodiyot va 'Raqamli hukumat' tizimini takomillashtirish sohasidagi islohotlarning asosiy yo‘nalishlarini amalga oshiradi, xususan:

- raqamli hukumatni rivojlantirishda yagona texnologik yondashuvni ta'minlash

- davlat organlari va tashkilotlarida raqamli rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish

- davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomining yagona idoralararo elektron tizimini joriy etish

- raqamli hukumat sohasidagi loyihalar va dasturlarni amalga oshirish bosqichlarini muvofiqlashtirish.

Ushbu siyosatga tayangan holda, “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi rahbariyati va xodimlari o‘z oldilariga sifat doirasida qo‘yilgan asosiy maqsad – yuqori sifatli xizmatlarini taqdim etgan xolda iste’molchilar ishonchiga erishish va uni doimiy ta’minlash.

Ushbu qo‘yilgan maqsadlarga erishish va uni amalga oshirishi uchun Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi davlat muassasasida quyidagi asosiy yo‘nalishlar va vazifalar aniqlab olingan:

- Iste’molchilarning qoniqqanlik darajasini doimiy ravishda oshirib borish;

- “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining infratuzilmasini modernizatsiya qilish, kengaytirish, zamonaviy informatsion texnologiyalar bilan ta’minlash va takomillashtirish;

- “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi xodimlarining professionallik va ish faoliyatiga jalb etilganlik darajasini xodimlarning malakasini doimiy ravishda oshirish orqali erishish.

Yuqorida keltirib o‘tilgan maqsadlar va vazifalarni bajarrish uchun, “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi rahbariyati o‘z zimmasiga quyidgi majburiyatlarni oladi:

- Sifat menedjment tizimiga xalqaro standart ISO9001 tomonidan qo‘yiladigan barcha talablarni bajarish;

- Sifat doirasidagi maqsadlarni va vazifalarni aniqlash;

- “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining sifat menedjmenti tizimi ishlashining samaradorlik darajasini aniqlash uchun doimiy tahlillar o‘tkazish;

- Sifat menedjmenti tizimini tahlillar natijasida, tuzatish va oldini olish tadbirlarini o‘tkazish, sifat doirasidagi maqsadlar va vazifalarni aniqlash orqali doimiy ravishda takomillashtirish;

- Sifat sohasidagi siyosatni tushuntirish va uni “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining barcha bo‘g‘inlarida amalga oshirilishini ta’minlash.

Sifat sohasidagi siyosatga asosan:

1. “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi bo‘linmalari rahbarlari:

- O‘z ish jarayoni davomida ushbu siyosatni tatbiq etishi va uning bo‘linma xodimlari tomonidan to‘laqonli tushunilishi va amalda qo‘llanilishini ta’minlash;

- Ish jarayoning samaradorligini oshirish uchun kerakli shart-sharoitlarni ta’minlash, xodimlarni malakasini doimiy oshirishga shart-sharoitlar yaratib berish va ularga qo‘yilgan malaka talablari asosida doimiy xizmat sifatining o‘sishini ta’minlash majburiyatlarini oladi.

2. “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining xodimlari:

- Sifat sohasidagi siyosatning asosiy yo‘nalishlarini bilish va ish jarayonida ularga amal qilish;

- Iste’molchilar, qonunchilik, ichki me’yoriy xujjatlar xamda ISO9001 standarti talablarni bajarish;

- Ijodiy tashabbuskorlik ko‘rsatish, takliflar berish va sifatli ishlashga to‘sqinlik qilayotgan har qanday muammo va shart-sharoitlarini bartaraf qilish majburiyatlarini oladi.

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi davlat muassasasi rahbariyati ushbu sifat sohasidagi siysat muassasaning har bir bo‘g‘inlarida bajarilishini, xamda xodimlarning yuqorida keltirib o‘tilgan vazifalarni bajarishdagi tashabbuskorliklarini rag‘batlantirish va kerakli resurslar bilan ta’minlashni o‘z zimmasiga oladi.

Единый портал интерактивных государственных услуг
Национальный правовой информационный центр