Jahon bankining “GovTech Maturity Index” natijalariga ko‘ra, hukumat va davlat xizmatlari sektori bo‘yicha O‘zbekiston 37 pog‘ona yuqorilab, 198 mamlakat ichida 43-o‘rinni egalladi va raqamli transformatsiya sohasida yetakchi mamlakatlarning “A” guruhiga kirdi.
Shuningdek, “GovTech Enablers” indeksiga muvofiq, raqamli ko‘nikmalar va davlat xizmatlaridagi innovatsiyalar bo‘yicha mamlakat dunyoda 4-o‘rinni egallab, 2020-yilga nisbatan 65 pog‘ona yuqoriladi.
Ma’lumot uchun: Indeks to‘rtta ko‘rsatkich ma’lumotlariga asoslanadi:
1. Davlat tizimlari indeksi
2. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish indeksi
3. Fuqarolar ishtiroki indeksi
4. The GovTech Enablers indeksi