Onlayn tarzda o‘tkazilgan bu tadbirda Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi va Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi mutaxassislari ishtirok etishdi.
Seminarning ochilish marosimida so‘zga chiqqan Markaz bo‘lim boshlig‘i Doniyor Maksumov Xitoy tajribasini kengroq o‘rganish O‘zbekistonda elektron hukumatni, jumladan, raqamlashtirish va raqamli transformatsiyani rivojlantirishda qo‘l kelishini ta’kidladi.