Bugun, 26-oktabr kuni "ICTWEEK 2023" doirasida "Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi" hamda "Technocorp" o‘rtasida o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha Anglashuv Memorandumi imzolandi.
Memorandum doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʼjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida raqamli transformatsiya hamda hududlarda raqamli iqtisodiyot holatini reyting baholash boʼyicha hamkorlik qilinadi.