Yagona identifikatsiya tizimi, ya’ni OneIDga 136 ta tizim ulangan bo‘lib, foydalanuvchilar soni 2020 yilga nisbatan 2,5 baravarga o‘sdi (6,5 millionga yaqinlashdi). Tizimga kirish usullari login va parol, elektron raqamli imzodan tashqari, mobil raqam, ID-karta ma’lumotlari bilan boyitildi.